• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-12

Aviachipta uchun to‘langan 2 750 000 so‘m pul mablag‘i isteʼmolchi foydasiga hal bo‘ldi

Angor tuman «Qo‘shtegirmon» MFYsida yashovchi fuqaro J.J O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091- qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaatda keltirilishicha Angor tuman «At-Termiziy» ko‘chasida joylashgan aviakassadan 2024 yil 29 avgust kuni 12.09.2024 kuniga mo‘ljallangan «Toshkent-Ufa» yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta uchun 2.750.000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Oradan bir necha kun o‘tgach shaxsiy sabablarga ko‘ra aviachiptani bekor qilish maqsadida aviakassaga boradi va chipta uchun to‘lagan pulini qaytarib berishini talab qiladi. Lekin aviakassa xodimlari fuqaroni talabini rad etadi.  

Ushbu holatni tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari haqida tushunchalar bergan holda isteʼmolchiga chipta uchun to‘langan pul mablag‘i to‘laligicha qaytarildi.