• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-12-17

Har bir iste’molchi o‘z huquqini bilishi kerak

Oltinsoy tumanida tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan 15-maktabgacha ta’lim muassasida va 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Har bir iste’molchi o‘z huquqini bilishi kerak” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish va adolat muhitini yaratish, shuningdek, iste’molchi huquqlarini himoya qilishda tartib-qoidalar va amaldagi qonuning ustovorligi ta’kidlab o‘tildi. Federatsiyaga a'zo bo'lish orqali aholi o‘z manfaatlarini samarali himoya qila olishi mumkinligi tushuntirilib, o‘z ixtiyorlariga ko‘ra a’zo bo‘lishni xohlaganlar qayd etildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.