Barchamiz har jabhada iste’molchimiz xoh onlayn bo’lsin xoh jonli bo‘lishidan qat’iy nazar tavar yoki xizmatlardan foydalanayotganimizda ekanmiz demak iste’molchi pozitsiyasida istiqomat qilib keilmoqdamiz.
Bugun “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni!” Surxondaryo viloyatida ham keng miqyosda nishonlandi.
Xususan tuman va shahar jamiyati mutaxasisslari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda, tibbiyot birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarda davra suhbatlari va o‘quv seminarlari tashkil etishdi.
Unda inson qadrining yuksalishida mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar, amaldagi “Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to‘g‘risi”dagi Qonun va iste’molchining huquqlari va vazifalari, qolaversa Tovar va xizmatlardan foydalanishga nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida batafsil ta’kidlashdi.