Oltinsoy tumani “Botosh” mahallasida yashovchi fuqaro 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldiradi. Murojaatda keltirilishida iste’molchi “Uztelecom” AKning telefon raqamidan foydalanish jarayonida raqam hisobidan 1 hafta ichida asossiz ravishda 64 000 so‘m pul mablag‘i yechib olingan. Sababini o‘rganilganda mijozning “kontent-provayder” xizmatlariga obuna bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Mijoz esa bunday xizmatlarga obuna bo‘lmaganligi va raqam hisobidan yechib olingan pul mablag‘ini qaytarib berishlarini talab qilgan.
Ushbu holatni tuman hududiy birlashmasi mas’ullari o‘rganib chiqdi va amaldagi qonun normalari haqida tushuncha berishdi. So‘ngra iste’molchining telefon raqamidagi “kontent-provayder” xizmatlari obunasi bekor qilindi va pul mablag‘i qaytarib berildi.