Mahsulotlarning saqlanish sharoiti va muddati ularning sifatiga qanchalik taʼsir ko‘rsatishi hammamizga ayon. Shunday ekan har bir isteʼmolchi mahsulot sotib olayotganda ushbu jihatlarga eʼtibor qaratishi lozim.
Saraosiyo tumani “Konchilar” mahallasida yashovchi fuqaro Q.S tumanda joylashgan oziq-ovqat do‘konidan kundalik isteʼmoli uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladi. Mahsulotlarini uyiga olib kelib dasturxonga tortmoqchi bo‘lganida ularning orasidan «докториский» kolbasa mahsuloti ayniganligini payqab qoladi, qarasa-ki muddati o‘tgan. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro do‘konga qaytib kolbasa mahsuloti ayniganini ko‘rsatib u uchun to‘lagan pul mablag‘ini qaytarib berishini talab qiladi. Ammo sotuvchi mahsulot ochilganligi ro‘kach qilib pul mablag‘ini qaytarib bermaydi.
Ushbu holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari haqida tushunchalar berildi shundan so‘ng isteʼmolchiga kolbasa mahsuloti uchun to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berildi.