Termiz shahar jamiyati tomonidan viloyat ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasida hamda Oltinsoy tumani jamiyati mutaxassisilari tomonidan esa tumandagi 23-umumta’lim maktabida “Iste’molchi sifatida huquqingizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda xizmat ko‘rsatish va tovar ayirboshlash kabi holatlarda iste’molchilarning huquq va vazifalari batafsil ta’kidlab o‘tilib, amaldagi qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi. Bundan tashqari iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlashda qilingan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o‘z ixtiyozlari asosida a’zolikka qabul qilindi.