• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2026-02-24

šŸ“¢ MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Uzun tuman “Qarashiq” MFY, Islom Karimov ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro X.A tomonidan 2026-yil 6-fevral kuni Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining ishonch telefoniga og‘zaki murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda fuqaroning turmush o‘rtog‘i D.B tomonidan tumanda joylashgan “HONNOR” uyali aloqa va maishiy texnikalar savdo do‘konidan 3 600 000 (uch million olti yuz ming) so‘m evaziga xarid qilingan .“HONOR” rusumli uyali telefon nosoz holatda ekani, ya’ni qurilma zaryad ushlamasligi, shuningdek, telefon savdo do‘koniga qaytarib topshirilgan bo‘lsa-da, shu vaqtga qadar yangisiga almashtirib berilmaganligi bayon etilgan.

šŸ”Ž Murojaat yuzasidan Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

āœ… O‘rganish natijasida fuqaroning qonuniy talabi qanoatlantirilib, 3 600 000 so‘mga xarid qilingan nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi.

Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida!