Boysun tumani “Ariq usti” mahallasida yashovchi fuqaro H.Q tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 10 700 000 so‘m bo‘lgan «Avalon» rusumli muzlatgich xarid qiladi. Uni uyiga olib kelib 25 kun davomida ishlata boshlaganida, muzlatgichda turli xil nuqsonlar kelib chiqa boshlaydi, shunda fuqaro do‘kon sotuvchisidan mahsulotni almashtirib berishini talab qiladi ammo, sotuvchi bundan bosh tortadi.
Holat tuman boshqarma mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va amaldagi qonunchilikka muvofiq tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada isteʼmolchining muzlatgich uchun to‘lagan puli qaytarib berildi.