• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-09

⚡️Shartnoma muammosi ijobiy hal etildi

Uzun tumani Yangi shahar MFY, Buxoro tojik qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.X Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Alif moliya” MChJ savdo do‘konidan 2025-yil 12-mart kuni muddatli to‘lov asosida 25 121 250 so‘mga Reng-Cheng rusumli skuterni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Biroq, mahsulotni olish jarayonida ayrim hujjatlar yetishmasligi sababli ertasi kuni savdo do‘koni vakiliga murojaat qiladi.

Afsuski, savdo vakillari tomonidan muammo o‘z vaqtida hal etilmagach, fuqaro A.X Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘llaydi. Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan “Alif moliya” MChJ savdo vakili hamda murojaatchi ishtirokida atroflicha o‘rganilib, yuzaga kelgan tushunmovchilik bartaraf etildi. Natijada 25 121 250 so‘mlik shartnoma bo‘yicha skuterni xarid qilishga oid hujjatlar to‘liq rasmiylashtirib berildi.