✅ Qumqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ tuman bo‘limida aholining iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda iste’molchilarning huquqlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va mavjud muammolar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Sariosiyo tumanida jamiyat inspektori U. Valiyeva 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Biz barchamiz iste’molchimiz” va “Iste’molchi qonun himoyasida” shiorlari ostida davra suhbati o‘tkazdi. Unda ishtirokchilar o‘z savollariga javob oldilar.
Tadbirlar davomida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, huquqlari buzilgan fuqarolar 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tuman jamiyatiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.