• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-23

Avtomashina aksessuari sifatlisiga almashtirib berildi

Angor tuman “O‘zbekiston” MFY “Ziyolilar” ko‘chasi 15-uyda yashovchi fuqaro B.A (Boboxonov Alisherga) O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamiga murojaat qoldiradi.

Murojaatda keltirilishicha 17 iyul kuni Angor tumanida joylashgan “Ravon Avto” avtomashina uchun aksessuarlar sotiladigan do‘konidan mashinasi uchun narxi 220.000 so‘m bo‘lgan mashina o‘ndig‘iga kiydiriladigan qoplama (chexol) xarid qilgan. Ammo mahsulot sifatli bo‘lmaganligi sababli do‘kon sotuvchisidan almashtirib berishini talab qilgan biroq sotuvchi rad etgan.

Boshqarma masʼullari tomonidan ushbu holat o‘rganib amaldagi qonunda belgilangan ko‘rsatmalar haqida tushunchalar berildi hamda isteʼmolchi xarid qilgan mashina aksessuari sifatlisiga almashtirib berildi.