• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2026-02-23

📢 ISTE’MOLCHI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

Muzrabot tumani “Yangiyer” MFYda yashovchi fuqaro R.X tuman markaziy bozorida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 2 830 000 so‘m evaziga elektr toki hamda maishiy gaz orqali ishlaydigan gaz plita xarid qilgan.

Mahsulot xonadonga olib kelinib o‘rnatilgach, sotuvchi tomonidan iste’molchi tanlagan model o‘rniga boshqa turdagi gaz plita berilgani aniqlangan. Fuqaro savdo do‘koniga murojaat qilib, to‘langan pul mablag‘ini qaytarishni talab qilgan, biroq talab qanoatlantirilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Mutaxassislar tomonidan murojaat joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish natijasida iste’molchining talabi asosli deb topilib, gaz plita uchun to‘langan 2 830 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq ravishda fuqaroga qaytarilishi ta’minlandi.

📞 Huquqlaringiz buzilgan taqdirda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yoki 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

#IstemolchiHuquqi #Muzrabod #Murojaat