• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-10

ISTE'MOLCHI HUQUQLARI TA'MINLANDI

Boysun tumanining “Toqchi” mahallasida yashovchi fuqaro I. M Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Fuqaro o‘z murojaatida At-Termiziy ko‘chasida joylashgan do‘kondan 4.450.000 so‘mga xarid qilgan plastik suv idishi sifatsiz chiqqanini, do‘kon xodimlari esa mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortganini bildirgan.

Murojaat asosida mutaxassislar tomonidan holat joyida o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaro I. Mning e’tirozi o‘z tasdig‘ini topdi va mahsulot haqiqatan ham sifatsiz ekani aniqlandi. Shu asosda, iste’molchi tomonidan to‘langan 4.450.000 so‘m mablag‘ni qaytarib berildi.

Shuningdek, do‘kon xodimlariga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirildi va iste’molchilarning huquqlarini hurmat qilish zarurligi haqida ogohlantirish berildi.