Surxondaryo viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan aholi o‘rtasida iste’mol madaniyati va huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Termiz shahar jamiyati raisi tomonidan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi hamda 7-sonli oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlari ishtirokida iste’mol madaniyatiga oid ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida xodimlarga kundalik hayotda duch kelinadigan iste’mol holatlari, mahsulot sifati, iste’molchi huquqlari va ularni himoya qilishning qonuniy mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Termiz tumani jamiyati mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi mahallalarda joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida jamoatchilik nazorati olib borildi. Nazorat davomida do‘konlardagi mahsulot sifati ko‘zdan kechirilib, sotuvchilarga mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati borasida tushuntirishlar berildi. Ular iste’molchilarga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishi va ularning huquqlarini hurmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida, Oltinsoy tumanidagi 14-sonli politexnikumda hamda Uzun tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tuman jamiyati raislari tomonidan muassasa xodimlariga iste’molchi huquqlari haqida tushunchalar berildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga kundalik hayotda duch kelinadigan iste’molchilik holatlarida o‘z huquqlarini qanday himoya qilishlari mumkinligi, qanday hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish zarurligi haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirlar orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qilmoqda.