• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-13

⚡️Iste’molchi huquqlari himoya qilindi: nosoz muzlatgich uchun to‘langan pul qaytarildi

Uzun tuman, Erkinlik mahallasida yashovchi fuqaro I.O Uzun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan chiqqan edi. U o‘z murojaatida Sariosiyo tumanida joylashgan "Z T ehtiyot qismlari" xususiy korxonasiga qarashli maishiy texnika do‘konidan 7 500 000 so‘mga xarid qilingan "Samsung" rusumli muzlatgich nosoz holatda bo‘lgani sababli yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat asosida jamiyat mutaxassislari, korxona vakillari va murojaatchining o‘zi ishtirokida holat o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchining haqli e’tirozlari tasdiqlandi. Natijada, do‘kon tomonidan 7 500 000 so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarib berildi.