Sho‘rchi tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro H.A O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarin himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qoldiradi.
Murojatda keltirilishicha tuman markazida joylashgan “Shoh media” xususiy korxonasiga qarashli marosimlarni tasvirga olish markaziga farzandining to‘y marosimini tasvirga tushirib, montaj qilib berish uchun 1 600 000 so‘m to‘lov qilganligi, markaz xodimlari tomonidan esa to‘y marosimining tasvirlari sifatsiz qilib berilganligidan norozi.
Holatni tuman jamiyati xodimlari atroflicha o‘rganib chiqib tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda xizmat uchun to‘langan 1 600 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchi foydasiga to‘laligicha hal qilib berildi.