• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-24

Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat birlashmasi raisi, ijro etuvchi apparati xodimlari, hamda tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida federatsiya kengashining 2024 yil 15 iyulidagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining joriy yil birinchi yarim yillik faoliyati hisobotlari, hududlarga kelib tushayotgan murojaatlar hamda amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bog‘liq masalalar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Yakunida jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar shuningdek, aholining iste’molchilik madaniyati hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va vazifalar belgilab olindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.