• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-08

Sifatsiz sement uchun to‘langan pullar o‘z egasiga qaytarildi

Angor tuman “Faravon” MFYsida yashovchi fuqaro X.R xonadoniga qurilish ishlari uchun 750.000 so‘m evaziga 1 tonna 200 kg sement mahsulotini shu MFYda joylashgan qurilish mollari do’konidan xarid qilgan. 

Sement mahsulotini xondoniga olib borib foydalangan. Oradan 4 kun o‘tib qurlish ishlari yakunllangan joyda yoriqlar paydo bo’lgan. Fuqoro ushbu yoriqlar nima sababdan yuzaga kelganiligi haqida uyida ishlagan ustalardan so‘ragan. Ustalar qurilish ishlari uchun olib kelingan sement mahsuloti sifatsiz ekanligini tushuntirgan. Shundan so‘ng fuqoro sement mahsulotini sotib olgan do‘konga borib, mahsulot sifatsiz ekanligi aytadi va sement uchun to‘lagan pul mablag’ini qaytarib berishlarini talab qiladi. Ammo do’kon xodimlari pul mablag‘ini qaytarishdan bosh tortadi.

Holat Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda amaldagi qonun normalari haqida tushunchalar berildi. Natijada sifatsiz sement uchun to‘langan pullar o‘z egasiga qaytarildi.