• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-07-10

⚡️Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Sariosiyo tumanining “Lutfkor” mahallasida yashovchi fuqaro M.S. tomonidan Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyati raisi nomiga yozilgan murojaat asosida tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro M.S. "Q.T.D." MCHJ bilan kredit asosida maishiy texnika vositalarini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. U shartnomaga muvofiq to‘lovlarni muddatidan oldin to‘liq amalga oshirganiga qaramay, uning nomiga yana 2 125 092 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Murojaat joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazildi va natijada aniqlanishicha, bu holat "Q.T.D." MCHJ xodimlarining texnik xatosi tufayli yuzaga kelgan. Jamiyat tomonidan bu holat tez fursatda bartaraf etildi va fuqaro nomiga chiqarilgan 2 125 092 so‘m miqdoridagi qarzdorlik bekor qilindi.