• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2026-02-18

šŸ“¢ Murojaat oā€˜rganildi va iste’molchi huquqi tiklandi!

Boysun tumani “Sho‘rsoy” mahallasida yashovchi fuqaro S.N tomonidan 2026-yil 2-fevral kuni tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro tuman markazida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 4 250 000 so‘m (to‘rt million ikki yuz ellik ming so‘m) evaziga xarid qilgan avtomat kir yuvish mashinasi sifatsiz chiqqanidan norozi ekanligini bildirgan.

šŸ”Ž Murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, iste’molchiga:  to‘langan 4 250 000 so‘m pul mablag‘ini qaytarib olish, yoki shu turdagi boshqa sifatli mahsulot bilan almashtirib olish huquqi mavjudligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari hamda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari yuzasidan tushuntirish berildi.

āš–ļø Fuqaroga ariza natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga murojaat qilish huquqi borligi ham tushuntirildi.

āœ… Iste’molchi huquqlari – qonun himoyasida!

#IstemolchiHuquqi #Boysun #Murojaat #QonunHimoyasida