Sho‘rchi tumani "Bobur" mahallasida yashovchi fuqaro B. D jamiyatning ishonch telefoniga murojaat qiladi. Murojaatda "Bobur" mahallasi "Oltinboshoq" ko‘chasida 47 xonadonda yashab kelayotganligi, Sho‘rchi kommunal xizmati mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shirkat xizmatlari deb 3 260 000 so‘m qarzdorlik chiqarayotganligini bildirib, ushbu qarzdorlikning qanchasi haqqoniy, qanchasi noreal qarzdorlik ekanlini aniqlashda amaliy yordam so'raganligi keltirilgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman hududiy birlashma xodimlari o'rganish ishlarini amalga oshirdi hamda fuqaroga chiqarilayotgan ushbu qarzdorlikka aniqlik kiritish uchun qayta hisob kitob qilinganda fuqaro B. D.ning haqqoniy qarzdorligi 1 200 000 so‘mni tashkil qildi, noreal qarzdorlik hisoblangan 2 060 000 so‘m esa iste'molchi foydasiga hal bo'ldi.