Angor tuman «Xo‘janqon» MFYsida yashovchi fuqaro A.A 2023 yil 18 sentyabr kuni Angor tuman “Navro‘z” MFYsida joylashgan do‘konlarning biridan “Redmi Note 12” telefon apparatini 1 yil kafolat bilan xarid qilgan. Oradan vaqt o‘tgach 2024 yil avgust oylarida telefonda nuqsonlar paydo bo‘lib ekran qismi (yonmay) sifatsiz xolga kelib qolgan. Ushbu holatda A.A telefon kafolat muddati bor deya telefonni taʼmirlatish uchun xarid qilingan do‘konga kelib telefonni taʼmirlab berishlarini so‘ragan.
Do‘kon sotuvchilari telefonni taʼmirlash uchun fuqarodan 1 000 000 so‘m pul mablag‘ini talab qilishgan.
Ushbu holat bo‘yicha Angor tuman jamiyat mutaxassislari do‘kon sotuvchi xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so‘ng isteʼmolchi xarid qilgan “Redmi Note 12” telefon apparati do‘kon xodimlari tomonidan bepul taʼmirlab berildi.