• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-26

💊Dori vositalari uchun to'langan 204 000 so'm iste'molchiga qaytarildi

Joriy yilning 24-iyunida Termiz shahar 5-kichik dahasida yashovchi fuqaro L.G shahardagi “Mashhura” klinikasi yonida joylashgan “MIR APTEKA” dorixonasidan shifokor yozib bergan dorilarni xarid qiladi. Dorilarni uyiga olib borib qo‘llanmasini o‘qib ko‘rganida shifokor yozgan dorilardan umuman farq qiladi. Buni bilgan iste’molchi dorixonaga borib sotuvchidan shifokor ro‘yxatidagi dorilar bo‘lmasa, pulini qaytarib berishini talab qiladi ammo sotuvchi rad etadi.

Ushbu holat shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi va tegishli tartibda isteʼmolchining qonuniy huquqlari to‘g‘risida kerakli tushunchalar berildi. Natijada iste’molchining dorilar uchun to‘lagan 204 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.