Barchamizga maʼlumki bugun “Bilimlar kuni”. Maktabga ilk qadamlar, qo‘ng‘iroq ovozi, yangi do‘stlar, ota-onadek aziz bo‘lgan yangi ustozlar — bularning barchasi bir umr muhrlanib qoladigan yoqimli xotiralar.
Mana shunday kunda Sariosiyo tumanida joylashgan 36-maktabning tantanalarida qatnashgan O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sariosiyo tumani jamiyati raisasi M.Zaripova ustozlar va o‘quvchi yoshlarni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklab, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek o‘quvchilarga, samimiy tilaklarini tilab, maktab hayotini zavq bilan samarali o‘tkazishlarini, yangi bilimlarni egallashda tirishqoq bo‘lishlarini va kelajakda yuksak marralar zabt etishlarini taʼkidladi.