• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2026-02-25

šŸ“¢ ISTE’MOLCHI TALABI QONUNIY ASOSDA TA’MINLANDI

Bandixon tumani “Obod yurt” mahallasida yashovchi fuqaro N.Sh tomonidan  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining šŸ“ž 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” ga murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda fuqaro Sherobod tuman Dehqon bozoridagi maishiy texnika savdo do‘konidan 1 850 000 so‘m evaziga xarid qilgan “Primer” rusumli kir yuvish mashinasi o‘rniga boshqa rusumdagi mahsulot yetkazib berilganidan norozi ekanligini bildirgan.

āš–ļøMazkur murojaat Sherobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.  Sotuvchiga amaldagi qonun talablari tushuntirilib, iste’molchining talabi asosida yangi kir yuvish mashinasi yetkazib berilishi ta’minlandi.