• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-19

Qiymati 100 million so‘m bo‘lgan chorva mollari o‘z egasiga topshirildi

Joriy yilning 9-avgustida Denov tuman IHHQ jamiyatiga Sariosiyo tumani A.Navoiy maxallasida yashovchi fuqaro Sh.J murojaat qoldiradi.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro 100 000 000 so‘m evaziga Denov tumani “Abdullaeva Go‘zal Pirnazarovna” Denov Baxori MCHJ tashkilotidan chorva mollarini olish uchun shartnoma imzolagan. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda pul mablag‘i to‘laligicha berilgan bo‘lsa ham ta’minotchi tarafidan chorva mollari vaqtida yetkazib berilmaydi.  

Tuman hududiy birlashmasi mutaxasisslari ushbu holatni atroflicha o‘rganib chiqdi va tomonlarga amaldagi qonun normalari haqida kerakli tushunchalarni berdi. Natijada ta’minotchi murojaatchiga kelishilgan summaning miqdoricha chorva mollarini to‘laligicha yetkazib berdi.