• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-04-03

Denovda oziq-ovqat sifati jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganilmoqda

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi jamoatchilik nazorati  tartibida oʻrganilmoqda.

Tadbir doirasida chakana savdo doʻkonlari, bozorlardagi mahsulotlarning iste’molga yaroqliligi, ishlab chiqarish muddati va saqlash sharoitlari o‘rganildi. Shu bilan birga, ayrim savdo obyektlarida sanitariya qoidalariga rioya qilinmayotgani, mahsulotlarning yaroqlilik muddati oʻtib ketgani va ularning noto‘g‘ri saqlanayotgani aniqlanib, savdo xodimlari va tadbirkorlarga mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar ham faol ishtirok etib, savdo nuqtalaridagi kamchiliklarni tegishli idoralarga yetkazish imkoniyatiga ega. Shu orqali tuman bozorlarida sifatsiz mahsulotlar oldi olinishi va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Mutasaddilar tomonidan aholiga o‘z iste’mol madaniyatini oshirish, sifatsiz mahsulotlarni sotib olmaslik va bunday holatlar yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilishi tavsiya etildi.