Jarqo‘rg‘on tuman “Qorabura” MFYsida yashovchi fuqaro Ch.X Angor tumani tijorat bozorida joylashgan do‘kondan 2 480 000 so‘m evaziga ko‘rpa uchun 5 xil turdagi matolar sotib oladi. Lekin matolarni uyiga olib kelib ko‘zdan kechirib boshlaganida ayrimlari sifatsizligi maʼlum bo‘ladi. Sifatsiz matolarni uchun to‘langan pullar jami 830 000 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib fuqaro sifatsiz matolarni do‘konga olib borib ushbu matolar uchun to‘langan pullarni qaytarib berishlarini talab qilgan. Ammo do‘kon sotuvchisi ushbu talabni rad qilgan.
Holatni Angor tumani jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun haqida tushuntirish ishlarini olib bordi. Shundan so‘ng sifatsiz matolar uchun to‘langan 830 000 so‘m pul mablag‘i isteʼmolchiga qaytarib berildi.