• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-01

Salkam 4 000 000 so‘m pul mablag‘i o‘z egasiga qaytarib berildi

Uzun tuman “Nurafshon” mahallasida yashovchi fuqaro X.N Denov tumanida joylashgan «Adidas» maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 3 800 000 so‘m bo‘lgan «Indesit» rusumli muzlatgich sotib oladi.

Muzlatgichni uyiga olib borib ishlatishni boshlaganida unda nuqsonlar borligi aniqlanadi, shunda fuqaro muzlatgichni do‘konga qaytarib olib boradi. Ammo do‘kon xodimlari mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortadi.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro Denov tumani IHHQ hududiy birlashmasiga murojaat qiladi. Murojaat hududiy birlashma xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari tushuntirildi. Natijada isteʼmolchi muzlatgich uchun to‘lagan 3 800 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.