• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-10-15

Dorixonalarda monitoring tadbirlari tashkil etildi

Dori-darmon mahsulotlari kasalliklarni oldini oluvchi va davolovchi vosita hisoblanadi. Ushbu vositalar insonlar hayotida muhim o‘rin egallaganligini inobatga olgan holda dorilarning saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati, ularning taʼsir qilishida katta ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprel sanasidagi 185-sonli qarorining dori-darmon chakana savdosi bilan shug‘ullanuv-chi subyektlarda ijro holati ko‘zdan kechirilib, sifatsiz dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar hamda yaroqlilik muddati tugagan tibbiy vositalar savdosiga chek qo‘yish maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman jamiyati tomonidan tumandagi dorixonalarda qator o‘rganish ishlari olib borilib, dorixonalarda isteʼmolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dorilarning zaruriy sifati va saqlash sharoitlariga amal qilinishi, sotuvchilarning mijoz bilan o‘zaro savdo munosabatlari tashkil etish holatlari jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qilindi.

Keltirilgan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.