• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-11-05

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati birlashmasi raisi R.Sadullayev boshchiligida tuman(shahar) jamiyati raislari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilish davomida o‘tkazilayotgan monitoringlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning hal etilishi kabi amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar, aholining iste'mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.