• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-05

Avtomobillarga yoqilg‘i quyush shohobchalarida kuzatuv ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatning 14 ta tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida sotilayotgan metan va suyultirilgan (propan) gaz narxlarini barqarorligini taʼminlash, narxlarni asossiz oshirish kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Bugungacha aniqlanayotgan shahobchalarda isteʼmolchilar uchun yaratilgan shart -sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi va sotilayotgan metan narxlari 3750 so‘m hamda suyultirilgan (propan) gaz narxlari 6000 so‘mdan ekani maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, narxlarni asossiz oshirilmasligi yuzasidan har bir gaz to‘ldirish stansiyalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Kuzatuv jarayonlari davom etmoqda.