• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-08

Isteʼmolchi huquqi - qonun himoyasida

Aholi o‘rtasida isteʼmolchi huquqi savodxonligini oshirish Isteʼmolchilarni huquqini himoya qilish jamiyatlari mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadida Sariosiyo tumani Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyati raisi M.Zaripova boshchiligida tumandagi 68-maktab ishchi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida inson manfaatlari qonun himoyasida ekanligi taʼkidlanib federatsiya  isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat, uy-joy kommunal xizmatlari, aloqa va kommunikatsiya, transport va xizmat ko‘rsatish hamda boshqa  sohalarda isteʼmolchilardan kelib tushayotgan ariza, murojaat va shikoyatlarning ijobiy yechim topishi, yaʼni isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatib kelinayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, isteʼmolchi sifatida huquqi buzilgan fuqarolar tuman jamiyat birlashmalariga yoki 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari aytib o‘tildi hamda doimiy ravishda haq huquqlari himoya qilinishini istagan ishtirokchilar aʼzolikka qabul qilindi.