• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-09

Chinni idishlar to’plami sifatlisiga almashtirib berildi

Angor tuman “Yangi turmush” MFYsida yashovchi fuqaro Egamberdiyeva Dildora tumandagi Tijorat bozori hududida joylashgan 61-sonli Chinni idishlar do‘konidan narxi 1.300.000 so‘m bo‘lgan chinni idishlar to’plamini xarid qiladi. 

 

Idishlar to’plamini uyiga olib borib ko’zdan kechirish jarayonida to‘satdan ko‘zi chinnilardagi yoriqlarga tushadi va darhol do’kon sotuvchisi bilan telefon orqali bog’lanadi hamda idishlar sifatsiz ekanligini tushuntirib, almashtirib berishini talab qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi to‘plamni almashtirishdan bosh tortadi.

 

Ushbu holat hududiy birlashma tomonidan atroflicha o‘rganilib, murojaatga asosan iste’molchiga chinni idishlar to‘plami sifatliga almashtirib berildi.