Qiziriq tumani «Zarobod» mahallasida yashovchi fuqaro Q.S. tuman "Nilufar buyum bozori" hududidagi maishiy-texnika savdo do‘konidan oilaviy ehtiyoji uchun 2 220 000 so‘mga oshxona jihozi bo‘lgan gaz plitasini xarid qiladi.
Gaz plitasini uyga olib borib foydalana boshlaydi, oradan olti kun o‘tib qarasaki plitada nosozliklar kelib chiqadi. Bu holatni ko‘rib do‘kon sotuvchisiga plitani nosozligi haqida aytganida, sotuvchi turli xil vajlar bilan qaytarib olishdan bosh tortadi.
Ushbu holat tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda xuddi shu markadagi gaz plita yo‘qligi sababli murojaatchining to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berildi.