• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-05-30

⚡️Boysun tumani: sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul qaytarildi

Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida yashovchi fuqaro B.N tuman bozorida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan 2 850 000 so‘mga pol avtomat kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Biroq, xarid qilingan texnika sifatsiz bo‘lib chiqqanligi sababli fuqaro do‘kon xodimlaridan mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni talab qilgan. Uning bu talabi inobatga olinmagan. Ushbu holat yuzasidan tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida masala o‘rganildi va tomonlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir amaldagi qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul to‘laligicha iste’molchiga qaytarildi.

Xulosa o‘rnida, yuqoridagi holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolar o‘z huquqlarini bilgan va ularni talab qilgan taqdirda, jamiyatlar hamda tegishli tashkilotlar orqali ularga amaldagi qonunchilik asosida yordam ko‘rsatish mumkin. Iste’molchilar manfaatini himoya qilish — jamiyatimizning muhim vazifalaridan biridir.