Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida “15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar kuni " munosabati bilan "Men yosh isteʼmolchiman" mavzusida 9-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar insholarda inson qadri, iste’molchi va iste’molchi huquqi, harid qilayotgan tovar va xizmatlarning e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlari haqida o‘z tushunchalarni ifoda etishdi.
Yakunida hakamlar hayati tomonidan insholar tekshirilib, 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.