• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-20

Narxi 2 660 000 so‘m bo‘lgan televizor sifatlisiga almashtirib berildi

Denov tuman “Yangi hayot” MFYsida yashovchi fuqaro X.Y Surxondaryo viloyati IIBning 102 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldiradi.

Murojaatda yozilishicha Denov shahar “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan «Xonnasiya» kredit do‘konidan bir yil muddatga narxi 2 660 000 so‘m bo‘lgan “Rosso smart” rusumli televizor xarid qiladi, ammo televizorni uyiga olib kelib o‘rnatganida u ishlamaganligi, bu haqida do‘kon xodimlariga aytib almashtirib berishlarini talab qiladi ammo xodimlar turli xil bahonalarni keltirib almashtirib bermaganligi keltirilgan

Ushbu holat bo‘yicha tuman hududiy birlashmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi va tomonlarga amaldagi qonun yozasidan tushunchalar berildi hamda isteʼmolchi xarid qilgan televizor sifatlisiga almashtirib berildi.