Denov tuman “To‘rayev Qoraxon” MFYsida yashovchi fuqaro t.D Denov shahridagi “Amir Holding” maishiy-texnika savdo majmuasidan narxi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Artel” konditsioner sotib olgan.
Ammo konditsionerni hali kafolat muddati to‘lmasdan unda nuqsonlar borligi aniqlangan. Isteʼmolchi bu haqida savdo xodimlariga xabar beradi va almashtirib berishini talab qiladi ammo, xodimlar ushbu talabni eʼtiborsiz qoldirgan.
Holatni tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonunlar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Natijada 10 000 000 so‘mga xarid qiling “Artel” rusumli konditsionerni sifatlisiga almashtirib berildi.