• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-28

Narxi 4 000 000 so‘m bo‘lgan bolalar uchun stol-stul mebellar to‘plami sifatlisiga almashtirildi

Uzun tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqaro S.D 8-MTT uchun tumandagi “Behruz mebellari” xususiy mebel sexidan qiymati 4 000 000 so‘m bo‘lgan bolalar stol-stullar to‘plamiga buyurtma bergan.

Ushbu jihozlar tayyor bo‘lganidan so‘ng, sifatsiz ishlanganini ko‘rib, korxona egalaridan sifatlisiga almashtirishlarini yoki mebellar uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib berishlarini talab qilgan. Ammo korxona xodimlari ushbu talabni eʼtiborsiz qoldirgan.

Holatni tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari yuzasidan tushunchalar berildi va stol-stullar to‘plami sifatlisiga almashtirildi.