• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-18

Isteʼmolchilar madaniyati yuksalishi sari

Isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va islohotlar to‘g‘risida axborot va maʼlumot berish maqsadida Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sariosiyo tumanlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning normalari, bugungi kunda isteʼmolchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berilib isteʼmolchi sifatida huquqi buzilgan taqdirda 1091- qisqa raqamli ishonch telefoniga hamda tuman jamiyati mutaxassislariga xabar berishi haqida taʼkidlab o‘tildi