Qiziriq tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalarda isteʼmolchi borasidagi huquqiy bilim va madaniyatini oshirish maqsadida “Isteʼmolchilar huquqi- qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni, isteʼmolchilarning huquqi va manfaatlarini himoya qilishda tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar borasida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, isteʼmolchi sifatida huquqi buzilgan holatlar yuzasidan tuman jamiyatiga yoki 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari ham taʼkidlab o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va doimiy ravishda haq huquqlari himoya qilinishini istagan ishtirokchilar aʼzolikka qabul qilindi.