• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-07-11

💻 Nosoz noutbuk uchun to‘lagan pul egasiga qaytarib berildi

📍 Uzun tumani, Qarashiq mahallasida yashovchi fuqaro M.Sh tomonidan Uzun tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat yo‘llandi. Murojaatda fuqaro “EKOTANK” MCHJga qarashli maishiy texnika do‘konidan sotib olgan noutbuk nosoz holatda ekanini bildirgan.

🔹Ma’lum bo‘lishicha, M.Sh 4 200 000 so‘m evaziga noutbuk sotib olib, uni uyiga olib borganidan so‘ng 2-3 kun o‘tib qurilma ishlamay qolgan. Bu holat sababli fuqaro jamiyatdan amaliy yordam so‘ragan.

📝Mazkur og‘zaki murojaat asosida Uzun tumani I.H.H.Q. jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida fuqaro tomonidan ko‘rsatilgan holatlar tasdiqlandi va iste’molchi huquqlari buzilganligi aniqlandi.

✅ Natijada, “EKOTANK” MCHJ tomonidan fuqaroning xarid qilgan nosoz tovari uchun to‘langan 4 200 000 so‘m mablag‘ qaytarib berilishi ta’minlandi.