Angor tuman “Yuqori Xo‘jaqiya” MFYsida yashovchi fuqaro A.Z Angor tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaatchi A.Z Angor tuman tijorat bozoridagi 221-sonli maishiy-texnikalar do‘konidan narxi 3.600.000 so‘m «Buryusa» rusumli muzlatgichni xarid qilgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach muzlatgich nuqsonli bo‘lib ichki qismidagi chiroq sifatsiz xolga kelib qolgan. Bu holatda fuqaro A.Z muzlatgich xarid qilgan do‘konga kelib muzlatgichni almashtirib berishlarini so‘ragan. Ammo do‘kon xodimlari muzlatgichni ko‘zdan kechirishib almashtirib berishdan bosh tortishgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman jamiyati mutaxassislari 221-sonli do‘kon xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so‘ng murojaatchi xarid qilgan «Buryusa» rusumli muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi