• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-20

Iste’molchi muammosi: xarid qilingan konditsioner 2 kun ichida ishdan chiqdi

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi 14-uyda yashovchi fuqaro R.U Angor tumani, Buyum bozori hududida joylashgan “Premier” maishiy texnika  savdo do‘konidan 10 million so‘m evaziga “Gree” rusumli konditsioner xarid qilgan. Xarid qilingan kundan so‘ng, konditsioner o‘rnatilib, ikki-uch kun ishlaganidan keyin ishdan chiqqan.

Fuqaro do‘konga murojaat qilib, muammoni bartaraf etishni so‘ragan. Biroq do‘kon xodimlari tomonidan muammo hal qilinmaganligi sababli, u O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, iste’molchiga bu holatda “Gree” servis markazi bilan bevosita bog‘lanib konditsionerdagi muammo bartaraf qilindi.