• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-04

Narxi 6 500 000 so‘m bo‘lgan konditsioner uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Termiz shahar «Kattabog‘» mahallasida yashovchi fuqaro H.N  “Islom Karimov” ko‘chasida joylashgan «Idea» maishiy-texnika savdo do‘konidan joriy yilning 26 avgust kuni narxi 6 500 000 so‘m bo‘lgan «Elif» rusumidagi konditsionerini 2 yilga bo‘lib to‘lash asosida shartnoma orqali xarid qiladi va bonusiga televizor qo‘shib berilgan.

Ammo isteʼmolchi ertasi kuni xarid qilgan maishiy-texnika pulini naxt to‘lovda amalga oshirishini va shartnomani bekor qilishini so‘ragan biroq do‘kon xodimlari rad javobini bergan.

Ushbu holatni shahar jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqdi va tomonlarga amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushunchalar berdi. Shundan so‘ng isteʼmolchi mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirdi va do‘kon bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.