• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-25

Narxi 3 800 000 so‘m bo‘lgan «LG» rusumli televizor puli qaytarildi

Denov shahar “Quyoshli yurt” MFYsida yashovchi fuqaro A.D Denov tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ishonch telefoniga murojaat kelib tushadi.

Murojaatga ko‘ra fuqaro Denov shahrida joylashgan tijorat bozoridagi savdo do‘konlarning biridan «LG» rusumli televizor sotib olgan, ammo televizorda texnik nosoz mavjudligi maʼlum bo‘lgan. Fuqaro televizor uchun to‘lagan pulini qaytarib olmoqchi bo‘lganida do‘kon xodimlari turli xil bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.

Tuman jamiyati mutaxassislari holatni o‘rganib chiqdi va do‘kon xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib. Shundan so‘ng isteʼmolchiga 3 800 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.