• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-15

2 293 920 so‘m pul mablag‘i isteʼmolchi foydasiga hal bo‘ldi

Boysun tuman "O‘rta Machay" mahallasida yashovchi fuqaro K.N tuman hududiy birlashmasi nomiga yozma murojaat qiladi.

Murojaatda elektr energiya taʼminotidan fuqaroning hisobiga 2 293 920 so‘m noreal qarzdorlik borligi va qarzdorlikni undirish uchun sudga ariza yuborilganligi uni vaqtida to‘lamaganligi uchun elektr energiyasi taʼminotidan uzib qo‘yilganligi keltirilgan.

Murojaat hududiy birlashma xodimlari tomonidan o‘rganilib, hudud elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatiga murojaat etildi, amaldagi qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Sud jarayonida fuqaroning qarzi yoqligi isbotlandi va 2 293 920 so‘m pul mablag‘i isteʼmolchi foydasiga hal bo‘ldi.