Fuqoro X.R 2024-yil 22-sentabr kuni Angor tuman tijorat bozori hududidagi 17/2-sonli maishiy texnikalar do‘konidan narxi 1 170 000 so‘m bo‘lgan o‘t o‘rish mashinasini xarid qilgan. Mashinani xonadoniga olib borib sinab ko‘rish uchun foydalishni boshlaganida butunlay ishlamagan.
Ertasi kuni xarid qilgan do‘konga kelib mashinani almashtirib berishlarini so‘ragan. Do’kon xodimlari har hil bahonalarni ro‘kach qilib almashtirishdan bosh tortgan.
Ushbu xolat bo‘yicha Angor tuman jamiyat mutaxassislari do‘kon xodimlari bilan uchrashib tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib bordi. Shundan so‘ng nuqsonli o‘t o‘rish mashinasi sifatlisiga almashtirildi.