• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-10-29

Ortiqcha to‘langan pul qaytarib berildi

Denov tumani, Sh.Rashidov  MFYsida yashovchi M.I Termiz shahridagi dorixonalardan birida dori xarid qilgan vaqtda 2 marotaba pul yechib olinganidan norozi bo‘lib O‘zbekiston  iste’molchilar  huquqlarini  himoya qilish   jamiyatlari federatsiyasining  “Ishonch” telefoniga murojaat  qoldiradi.

Termiz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan dorixona tomonidan ortiqcha yechib olingan 713.000 soʻm puli qaytarib olib berilib, murojaati ijobiy hal etildi.